O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Koreya Respublikasida ishga joylashtirish bo‘yicha 2019-yilga mo‘ljallangan kvotalar oshirildi

2019-03-20 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi o‘rtasida imzolangan Memorandumga asosan O‘zbekiston fuqarolari Koreyada 2007-yildan buyon “Erkin yollash tizimi” orqali ishga joylashtirib kelinadi.

Koreya Hukumati har yili xorijiy ishchi kuchini jalb etish uchun davlatlar kesimida kvotalarni belgilaydi. Shunga muvofiq, Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi 2018-yilda amalga oshirilgan ishlar natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini yuksak baholab, ikki tomonlama samarali hamkorlik sifatida 2019-yil uchun mo‘ljallangan kvotalar sonini 3200 taga oshirdi (2018-yilda kvotalar soni 3100 ta edi).

O‘tgan yillar davomida ushbu tizim orqali 31628 nafar yurtdoshimiz ish bilan ta'minlangan. Bundan asosiy maqsad Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini yuritayotgan fuqarolarimiz O‘zbekistonga qaytib kelgach, ularning xorijda egallagan bilim va ko‘nikmalarini O‘zbekiston amaliyotiga tadbiq etishdan iboratdir.

Hozirgi vaqtda “Erkin yollash tizimi” orqali Koreya Respublikasi 16 davlatdan ishchi kuchini jalb qiladi. Koreya Respublikasida ishga joylashtirilgan O‘zbekiston fuqarolarining mehnat qilish muddati 4 yil-u 10 oygacha bo‘lgan muddatni tashkil etadi. 2019-yilda ham O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Koreya Respublikasida ishga joylashtirish jarayoni izchil davom etmoqda.

Ushbu kvotalangan ish o‘rnilarini to‘liq qamrab olish uchun Koreya ish beruvchilariga taqdim etiladigan mavjud nomzodlarning zahiralangan soni bugungi kunda 4980 nafarni, shulardan ishlab chiqarish sohasiga 4800 nafarni va xizmat ko‘rsatish sohasiga 180 nafarni tashkil etadi.

Поделиться