O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Eron Tashqi ishlar vaziri yordamchisi bilan uchrashuv
2019-03-14 | Siyosat
2019-yilning 13-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Dilshod Axatov va Oʻzbekiston Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri yordamchisi, Yevrosiyo Bosh boshqarmasi boshligʻi Gʻulomrezo Boqeriy bilan uchrashdi.
Suhbat chogʻida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari hamda mintaqadagi hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda 2019-yilda Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya yigʻilishini hamda tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarni oʻtkazish jadvali borasidagi takliflar koʻrib chiqildi.
Shuningdek, Mozori-Sharif – Hirot yoʻnalishidagi transafgʻon temir yoʻl liniyasini qurish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda Eron Elchisi Bahman Ogʻoroziy Doʻrmoniy ishtirok etdi.