O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Indoneziya Elchisi bilan uchrashuv
2019-03-13 | Siyosat
2019-yilning 13-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Indoneziya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Sunario Kartadinatuni qabul qildi.
Elchi Vazirga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
Boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida soʻnggi ikki yilda Oʻzbekiston – Indoneziya muloqoti yangi bosqichga koʻtarilganligi va bunga ikki davlat rahbarlarining 2017-yilda Pekin shahridagi uchrashuvida zamin yaratilganligi qayd etildi.
2018-yilda oʻzaro savdo aylanmasi 1,8 barobarga oʻsdi, Indoneziyaning yetakchi iqtisodiy tuzilmalari Oʻzbekistonda kimyo sohasidagi yirik qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga kirishdi, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida paxta yetishtirish va uni qayta ishlash klasterlarini yaratishda, Samarqand viloyatida mehmonxonani taʼmirlash ishlarida ishtirok etmoqda. Shuningdek, bir davlatning fuqarolari ikkinchisiga tashrif buyurganda bir-birlari uchun 30 kun muddatgacha boʻlgan davrga vizalar bekor qildi.
Uchrashuvda ikki tomon kun tartibining boshqa masalalari ham muhokama qilindi.