O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tanzila Norbayeva boshchiligidagi delegatsiya BMTning Xotin-qizlar holati boʻyicha Komissiyasining 63-sessiyasida ishtirok etmoqda

2019-03-12 | Jamiyat

11-mart kuni BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida “Xotin-qizlar holati” boʻyicha Komissiyaning 63-sessiyasi ish boshladi. 

Tadbirda BMTga aʼzo davlatlar delegatsiyalari, xalqaro ekspertlar, Tashkilotning hududiy va funksional filiallari, xorijiy mamlakatlarning huquqni himoya qilish tashkilotlari va fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etmoqda. 

Sessiya ishida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari va Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Tanzila Norbayeva boshchiligidagi delegatsiya ham qatnashmoqda. Oʻzbekiston delegatsiyasining rasmiy chiqishi 12-mart kuni boʻlib oʻtadi. 

Delegatsiyaning tashrifi dasturida chet ellik hamkorlar, jumladan BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA), “BMT-Xotin-qizlar”, xalqaro xotin-qizlar tashkilotlarining rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazish koʻzda tutilgan. 

Shuningdek sessiya doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari nomidan “Hech kim unutilmasligi kerak: Markaziy Osiyo davlatlarida ijtimoiy himoya” mavzusida maxsus tadbir oʻtkaziladi. 

Komissiya BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashining funksional organi boʻlib, ayollarning huquqlarini himoya qilish va ragʻbatlantirish boʻyicha xalqaro standartlarning bajarilishini koʻrib chiqadi hamda ularni toʻgʻri amalga oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi. 

Ushbu sessiyaning asosiy mavzusi “Ijtimoiy himoya tizimlari, davlat xizmatlaridan foydalanish va gender tengligi uchun barqaror infratuzilma hamda ayollar va qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish” boʻlib, unda oliy darajadagi umumiy bahslar, vazirliklarning davra suhbatlari va boshqa uchrashuvlar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan. Shuningdek, sessiya doirasida ayollar va ularning zamonaviy jamiyatdagi rolini mustahkamlash uchun bir qator masalalar koʻrib chiqiladi. 

Sessiya 22-martiga qadar davom etadi. 

Поделиться