O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
BAA Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari bilan uchrashuv
2019-03-12 | Siyosat
2019-yilning 12-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Oʻzbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasidagi Savdo-iqtisodiy va texnik hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya yigʻilishida ishtirok etish uchun rasmiy delegatsiya tarkibida Toshkent shahriga kelgan BAA Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri oʻrinbosari Sulton Muhammad ash-Shamisiyni qabul qildi.
1-mart kuni Abu-Dabi shahrida boʻlib oʻtgan ikki davlat tashqi siyosat idoralari rahbarlarining muzokaralari davomi sifatida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi davlatlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Suhbat chogʻida boʻlajak ikki tomonlama uchrashuvlarga tayyorgarlik koʻrish borasida fikr almashildi.
Uchrashuvda BAAning Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashidagi raisligi boshlanishi munosabati bilan mazkur tashkilot doirasidagi hamda Afgʻonistonda tinchlik jarayonining muhim qismi boʻluvchi yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirishdagi oʻzaro aloqalarga alohida eʼtibor qaratildi.