O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ijtimoiy himoya doimiy eʼtiborda

2019-03-12 | Jamiyat

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Oʻzbekiston hukumati va Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʻrtasida ijtimoiy himoya yoʻnalishida hamkorlikni yanada takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari, BMTning Oʻzbekistonga rivojlanish maqsadlarida 2016-2020 yillarda koʻmak berish boʻyicha dasturi (YUNDAF)ning ijtimoiy himoya boʻyicha ishchi guruhi hamraisi Erkin Muhitdinov, YUNISЕFning mamlakatimizdagi vakolatxonsi rahbari, BMTning Oʻzbekistonga rivojlanish maqsadlarida 2016-2020 yillarda koʻmak berish boʻyicha dasturi (YUNDAF)ning ijtimoiy himoya boʻyicha ishchi guruhi hamraisi Sasha Graumann va boshqalar mamlakat taraqqiyotida aholining barcha qatlamlari manfaatlarini toʻlaqonli taʼminlash masalasi muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.
 
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan barcha jabhalarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar jarayonida aholining, ayniqsa, koʻmakka muhtoj insonlarning huquqlarini taʼminlash, ularni aniq va kuchli, manzilli tarzda ijtimoiy muhofaza qilish, ogʻirini yengil etish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida ijtimoiy sohani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoya va sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish va modernizatsiyalash boʻyicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, taʼlim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, sanʼat va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilangan.
 
2018 yilda aholi farovonligini oshirish maqsadida ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori oʻtgan yillarga nisbatan sezilarli ravishda oshirildi. Taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat sohasi xodimlarining mehnatini ragʻbatlantirishga jiddiy eʼtibor qaratildi. “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz”, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” kabi dasturlar bandlikni taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy infratuzilmani yanada yaxshilashda muhim rol oʻynamoqda.
 
Yurtimizda kasbga qayta oʻqitish, mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini mehnat bozori talablariga mos tarzda takomillashtirish, inklyuziv taʼlimni rivojlantirish, sogʻliqni saqlash, gender tengligini taʼminlash, ayollar manfaatlarini himoyalash kabi sohalar boʻyicha YUNISЕF, Jahon banki, Xalqaro mehnat tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.
 
YUNISЕFning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari S.Graumanning taʼkidlashicha, 2019 yil – Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yilida ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash, bu borada mukammal, professional tizimni yaratish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
 
Yigʻilishda mamlakatimizda ijtimoiy himoya borasidagi islohotlar natijalari, 2018 yilgi hamkorlikdagi amaliy ishlar atroflicha sarhisob etildi. Bu borada loyiha-rejalar belgilab olindi.

 

Nazokat USMONOVA, OʻzA muxbiri

Поделиться