O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qoʻqon davlat pedagogika instituti Turkiya universiteti bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi
2019-03-11 | Ta’lim
Qoʻqon davlat pedagogika instituti rektori Aziz Eminov boshchiligidagi delegatsiya Turkiya davlatiga xizmat safari bilan tashrif buyurdi.
Tashrifning ilk kunida delegatsiya aʼzolari Turkiyaning Karabyuk viloyati hokimi Fuat Gurel tomonidan qabul qilindilar. Qabul jarayonida Turkiya va Oʻzbekiston xususan, Fargʻona hamda Korabyuk viloyati oliy taʼlim muassasalaridagi olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, madaniy va maʼrifiy aloqalar borasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Tashrif davomida Qoʻqon davlat pedagogika instituti rektori A.Eminov va Korabyuk universiteti rektori Rafik Poʻlatlar tomonidan ikki OTM oʻrtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi. Hamkorlik Memorandumi doirasida talaba va professor-oʻqituvchilar almashuvi, ilm-fan taraqqiyoti sohasidagi aloqalar koʻrib chiqildi.
Qoʻqon davlat pedagogika instituti rektori A.Eminov boshchiligidagi delegatsiya Korabyuk universitetida tahsil olayotgan Oʻzbekistonlik talabalar bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuv davomida mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. Oʻz navbatida Turkiyada tahsil olayotgan Oʻzbekistonlik talabalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarni kuzatib borayotganliklarini, tahsildan soʻng oʻzlashtirgan bilim va malakalarini mamlakatimiz taraqqiyoti yoʻlida sarflashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.