O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sogʻliqni saqlash vazirligi tibbiyot xodimlarining buzilgan huquqlarini tikladi

2019-02-28 | Sog‘liqni saqlash

Bugungi kunda xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlari yaratib berish faoliyat unumdorligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maʼnoda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot xodimlari uchun munosib mehnat sharoitlarini tashkil etishga, jumladan, ularning haq-huquqlarini himoyalash, moddiy manfaatdorligini oshirishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Jumladan, xodimlarning mehnat huquqlari qoʻpol ravishda buzilgan holatlar vazirlik tomonidan aniqlanib, bartaraf etilmoqda. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 237-moddasiga muvofiq homilador ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish taqiqlangan boʻlsada, I.Irgashev nomli Toshkent shahar 4-son klinik shifoxonasi bosh shifokorining 2019 yil 26 yanvardagi 25-sonli buyrugʻiga asosan ushbu shifoxonaning bolalar reanimatsiya boʻlimi oʻrindosh shifokori S.O. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismi 5-bandiga koʻra bekor qilingan. Xodimning vazirlikka murojaatini oʻrganish jarayonida Toshkent viloyati Zangiota tuman tibbiyot birlashmasi 16-son qishloq oilaviy poliklinikasining bergan maʼlumotnomasi bilan S.O.ning homilador ekanligi fakti oʻz tasdigʻini topdi.

Shunga koʻra, Sogʻliqni saqlash vazirining tegishli buyrugʻiga asosan I.Irgashev nomli Toshkent shahar 4-son klinik shifoxonasi bosh shifokorining amaldagi qonun hujjatlariga zid ravishda chiqarilgan buyrugʻi bekor qilinib, vrach S.O. avvalgi ishiga tiklandi hamda majburiy progul vaqti uchun haq toʻlab berilishi belgilandi.

Bundan tashqari, xodimning mehnat huquqlarini qoʻpol ravishda buzgan bosh shifokorga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllash masalasini qonunda belgilangan tartibda hal etish Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi zimmasiga yuklatildi.

Shuningdek, yana bir holat. Shahrisabz tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻining 2019 yil 24 yanvardagi 7t-sonli buyrugʻiga asosan tugʻruqxona boʻlimi mudiri Bahrom Kucharov ish beruvchining tashabbusi bilan vaqtincha shoshilinch tez yordam boʻlimiga shifokor vazifasiga oʻtkazilgan. Bunda ish beruvchi tomonidan xodimdan rozilik olinmagan. Vaholanki, Mehnat kodeksining 93-moddasiga koʻra, vaqtincha boshqa ishga oʻtkazishga xodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuv boʻlgan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi. Mazkur holatda ham Sogʻliqni saqlash vazirining tegishli buyrugʻi bilan Bahrom Kucharov avvalgi ishiga tiklanishi taminlanib, xodimning huquqlari toʻliq tiklandi.

Shahrisabz tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻiga nisbatan esa vazir buyrugʻi bilan Mehnat kodeksiga muvofiq oʻrtacha oylik ish haqining oʻttiz foizi miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi. Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan nafaqat aholiga sifatli tibbiy yordam koʻrsatish, balki oʻz xodimlarining huquqlarini har qanday buzilishlardan himoya qilish, ularni turli tajovuzlardan asrash uchun bundan keyin ham barcha qonun yoʻl qoʻyadigan usullardan foydalaniladi.

Поделиться