O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston-Qozogʻiston siyosiy maslahatlashuvlari toʻgʻrisida

2019-02-27 | Siyosat

2019-yilning 26-fevral kuni Ostona shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekiston-Qozogʻiston siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundida ishtirok etdi.

Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasiga vazir oʻrinbosari Gʻalimjan Qoyshibayev boshchilik qildi.

Ikki tomon kun tartibining deyarli barcha masalalari, jumladan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlik mavzulari batafsil muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston va Qozogʻiston prezidentlarining qatʼiy siyosiy irodasi tufayli mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar bugun hamkorlikning barcha jabhalarida yangicha surʼat kasb etmoqda. Xususan, Oʻzbekiston tomonining maʼlumotiga koʻra 2018-yilda oʻzaro savdo deyarli 50%ga oʻsib, 3 mlrd. AQSh dollaridan ortiq summani tashkil etdi. Shunga oʻxshash jarayon hamkorlikning boshqa yoʻnalishlarida ham kuzatilmoqda.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, transport-kommunikatsion, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi koʻp qirrali aloqalarni oʻzaro manfaatdorlik asosida yanada oshirishga tomonlarda birdek qiziqish borligi tasdiqlandi. Bunda Hududlararo hamkorlik forumi, Ishbilarmonlar kengashi va shu kabi hamkorlikning yangi institutlari faol rol oʻynashi belgilangan.

Uchrashuvda 2019-yilda Oʻzbekistonda Qozogʻiston yilini oʻtkazish boʻyicha tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almashildi.

Maslahatlashuvlar chogʻida Toshkent shahrida oʻtkaziladigan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Ikkinchi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik koʻrish mavzusiga alohida eʼtibor qaratildi. Mazkur uchrashuv 2018-yil 15-martda Ostona shahrida oʻtkazilgan birinchi uchrashuvning mantiqiy davomi boʻlishi kutilmoqda.

Поделиться