O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qozogʻiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

2019-02-27 | Siyosat

2019-yilning 26-fevral kuni tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundida ishtirok etish uchun Ostona shahriga borgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Beybut Atamqulov bilan uchrashdi.

Suhbat chogʻida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Avvalo, Qozogʻiston Prezidenti Nursulton Nazarbayevning 2019-yil aprel oyida Toshkent shahrida oʻtkazilishi belgilangan Markaziy Osiyo davlat rahbarlari Ikkinchi Maslahat uchrashuvidagi ishtirokining amaliy jihatlari toʻgʻrisida soʻz bordi.

Shuningdek, 2018-yilda yakuniga yetgan “Qozogʻistonda Oʻzbekiston yili”ning mantiqiy davomi boʻlmish “Oʻzbekistonda Qozogʻiston yili”ni oʻtkazish dasturi loyihasi boʻyicha ham fikr almashildi.

Qozogʻiston TIV rahbari qayd etganidek, ikki davlat prezidentlarining siyosiy irodasi tufayli ikki tomonlama munosabatlar yuqori darajaga chiqdi va barqaror rivojlanish tusini olmoqda. Vazir tomonidan mamlakatlarimiz oʻrtasida barcha sohalarda koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish uchun yirik imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlandi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston-Qozogʻiston hamkorligining boshqa masalalari ham koʻrib chiqildi.

Поделиться