O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Amaliy seminar oʻz ishini boshladi
2019-02-26 | Jamiyat
“Oʻzstandart” agentligi GLOBAL G.A.P, Germaniya xalqaro hamkorlik (GIZ) loyihasi, UNDP “Savdo rivojlanishiga koʻmaklashish” loyihasi bilan hamkorlikda “GLOBAL G.A.P standartlarini joriy etish afzalliklari” mavzusidagi Milliy texnika ishchi guruhining I yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Unda GLOBAL G.A.P tashkilotining Oʻrta Osiyo, Latviya va Yevropa mintaqasi koordinatori E.Strazdina rahbarligida ushbu guruhga aʼzo 18 ta vazirlik va idoralarning 25 ta ekspertlari ishtirok etmoqda.
Mazkur oʻquv seminar oʻz ishini Jizzax, Samarqand viloyatlarida ham davom ettiradi.