O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Ziyorat turizmi” forumi qatnashchilari Samarqandni ziyorat qildi

2019-02-25 | Turizm

Buxoro shahrida oʻtkazilgan I xalqaro “Ziyorat turizmi” forumi qatnashchilari 23 fevral kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdi.

Dunyoning turli mintaqalaridan kelgan mehmonlar, koʻplab xalqaro tashkilotlar vakillari erta tongda Samarqand temir yoʻl vokzalida Samarqand viloyati hokimligi mutasaddilari va keng jamoatchilik vakillari tomonidan kutib olindi.
 
Forum qatnashchilari dastlab Samarqand shahridagi Shohi Zinda majmuani ziyorat qildilar. Bu yerda ulugʻ ajdodlarimiz tomonidan buyon etilgan noyob meʼmoriy yodgorliklar, maqbaralarini asrab-avaylash, obod etish borasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berildi.
 
Dunyoga mashhur Registon majmuasi bilan tanishuv ham mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, bir necha asrlik tarixga ega Mirzo Ulugʻbek, Tillakori va Sherdor madrasalarini kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish maqsadida koʻrilayotgan chora-tadbirlar, keyingi yillarda amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari xorijlik olim va mutaxassislarga manzur boʻldi.
 
Shundan soʻng, xalqaro anjuman ishtirokchilari Payariq tumaniga yoʻl olib, Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi.
 
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Hadis ilmi maktabida boʻlib, ushbu muassasalar faoliyati, ilmiy xodimlar va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoit bilan yaqindan tanishdi.
 
Mehmonlarga markazning tashkil etilishi, vazifa va maqsadlari, buyuk allomalarimiz merosini oʻrganish va keng targʻib etish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi. Markaz muzeyi va va undan joy olgan Imom Buxoriyning “ Sahihi Buxoriy” kitobining qadimiy qoʻlyozma nusxasi, buyuk muhaddisning ayni paytda dunyoning turli mamlakatlarida saqlanayotgan noyob asarlari nusxalari va boshqa eksponatlar ularda katta qiziqish uygʻotdi.
 
Samarqandga tashrif davomida mehmonlar viloyatdagi yana bir qator tarixiy-madaniy obidalar, muqaddas qadamjolarni ziyorat qildi.
 

Gʻolib Hasanov, Alisher Isroilov (surat), OʻzA

Поделиться