O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Birinchi xalqaro Ziyorat turizmi forumini jahonning yetakchi OAV yoritib boradi

2019-02-19 | Turizm

Joriy yilning 21 - 23 fevral kunlari Buxoro va Samarqandda ziyorat turizmi boʻyicha birinchi Xalqaro Forum boʻlib oʻtadi, unda islom dunyosidagi muhim xalqaro tashkilotlar, ixtisoslashgan tashkilotlar, universitetlar, din ulamolari, ilmiy - akademik doiralar, ziyorat turizmi sohasidagi sayyohlik kompaniyalari ishtirok etishadi.

Rejalashtirilgan tadbir haqidagi xabar jahon hamjamiyatida keng shov-shuvga sabab boʻldi. Forumni yoritish uchun Yevropa va Osiyoning yirik telekanallari – EuroNews (Fransiya) va Al Jazeera (Qatar), “Аl-Аhram al-Iqtisadi” (Misr) jurnali va Diplomatic News (Pokiston), “Коммерсант” (Rossiya), “Al-Vajxat” (Ummon) va Al Hayat (Saudiya) gazetalari vakillari tashrif buyurishadi.

Maʼlumot uchun, EuroNews – sakkiz tilda dunyoda boʻlayotgan voqea hodisalarning videolavhalarini birlashtiruvchi ommaviy axborot vositasi hisoblanib, Yevropaning 24 soat davomiylikda faoliyat olib boradigan yetakchi axborot kanalidir. 1993-yilda asos solingan telekanal Yevropa nuqtai nazari boʻyicha dolzarb boʻlgan dunyo voqealarini tezkorlik bilan yoritib boradi. Kabel, sunʼiy yoʻldosh hamda efirli uzatish orqali EuroNews dunyoning 130 mamlakatida 199 milliondan ortiq xonadonlarni qamrab oladi.

Поделиться