O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda oʻzbek-turk tibbiyot forumi oʻtkaziladi

2019-02-18 | Sog‘liqni saqlash

Turkiyaning Istanbul shahrida 12-14-fevral kunlari Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosining Sogʻliqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlardan odamlarni himoya qilish boʻyicha saʼy-harakatlarni birlashtirish mavzusiga bagʻishlangan oliy darajadagi vazirlar yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi ham faol qatnashayotgan mazkur yigʻilishda koʻplab dolzarb masalalar muhokama etildi. Unda sogʻliqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlardan odamlarni himoya qilish boʻyicha ishtirokchi mamlakatlarning tayyorgarligini kuchaytirish boʻyicha saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish, bu borada nazorat tuzilmasi, monitoring va baholash mexanizmini yaratish, oʻzaro tajriba almashish va muloqotlarni koʻpaytirish masalalariga ustuvor ahamiyat berildi. 

Shuningdek, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va hamkorlarni qoʻllab-quvvatlashga chorlaydigan ustuvor yoʻnalishlar va innovatsion yondashuvlarni aniqlash, eng muhimi, mintaqa uchun belgilab olingan tadbirlar ijrosini toʻliq taʼminlashda barcha davlatlarning jiddiy eʼtibor qaratishi juda muhim ekanligi taʼkidlandi.

Yigʻilish doirasida OʻzbekistonRespublikasi sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov Gruziya, Armaniston va Turkmaniston sogʻliqni saqlash vazirlari bilan uchrashdi. Muloqotlarda oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.Shu oʻrinda A.Shadmanovning Turkiya sogʻliqni saqlash vaziri Faxruddin Qovja bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvini alohida taʼkidlash joiz. Unda oʻzaro hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan “Yoʻl xaritasi” imzolandi. 

Uchrashuvda Alisher Shadmanov har ikki davlat rahbarlari tashabbusi bilan barcha sohada, jumladan, tibbiyot sohasidagi hamkorlik jadallik bilan rivojlanib borayotgani, shuningdek, Oʻzbekistonda investitsiyaviy muhit yaxshilanib, investorlarga qulay sharoitlar yaratib berilayotganini alohida qayd etdi.Muloqot jarayonida Toshkentda Oʻzbek-Turk tibbiyot forumini oʻtkazishga kelishib olindi.

Bundan tashqari, hamkorlik doirasida nafaqat Toshkentda balki, viloyatlarda ham zamonaviy tibbiyot klinikalarini tashkil etish, mutaxassislarning oʻzaro malaka oshirishi, Oʻzbekistonda vaksinalar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish kabi muhim masalalar ham muhokama etildi.

Поделиться