O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qatardagi vazirliklararo maslahatlashuvlar toʻgʻrisida

2019-02-18 | Siyosat

2019-yilning 17-18-fevral kunlari Doxa shahrida Oʻzbekiston-Qatar munosabatlarining shartnoma-huquqiy bazasini kengaytirish va uning inventarizatsiyasi boʻyicha ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi maslahatlashuvlar boʻlib oʻtdi.

Qatar Davlatining delegatsiyasiga TIVning Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik departamenti direktori Xolid al-Hamar boshchilik qildi.

Muzokaralar chogʻida turli jabhalardagi ikki tomonlama hamkorlik huquqiy asoslarining hozirgi holati va uni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi, Qatar bilan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” bandlarini amalga oshirishning borishi hamda joriy yilda oʻtkaziladigan uchrashuvlar va tadbirlar to'gʻrisida maʼlumot almashildi.

Maslahatlashuvlar doirasida Qatar vazirlik va idoralari ekspertlari bilan alohida muzokaralar oʻtkazilib, investitsiya, transport, soliq, bojxona, qishloq xoʻjaligi va madaniyat sohalaridagi kelishuvlarning loyihalari muhokama qilindi.

Xususan, aviatashuvlar va oʻsimliklar karantini sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlarning loyihalari kelishib olindi.

Delegatsiyalar, shuningdek, investitsiyalarni oʻzaro himoya qilish va ragʻbatlantirish hamda ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimlarning loyihalarini muvofiqlashtirish va imzolashga tayyorlash borasida ham kelishib oldilar.

Поделиться