O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro hamkorlik rivojlanmoqda

2019-02-15 | Jamiyat

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Yorg Pudelka bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

Uchrashuvda soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasidagi doʻstona munosabat yangi bosqichga koʻtarilgani taʼkidlandi. Germaniyadagi turdosh oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlik oʻrnatish, kadrlar almashish borasida fikr almashildi. Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan loyihalarga ham eʼtibor qaratildi.
 
Yongʻin xavfsizligi instituti boshligʻi polkovnik N.Normatov mamlakatimizda mazkur tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, institut faoliyati, bu yerda taʼlim jarayoni va oʻqitish metodikasi haqida soʻzlab berdi.
 
Mamlakatimizda yongʻin xavfsizligini taʼminlash, aholini turli baxtsiz hodisalardan muhofaza qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
 
Prezidentimizning 2017 yil 23 maydagi “Ichki ishlar organlari yongʻin xavfsizligi boʻlinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori yongʻin xavfsizligi sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
 
Mazkur hujjat asosida institut oʻqituvchilari malakasini oshirish, oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogik texnologiyalarni joriy etish, xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish kabi masalalarga ustuvor ahamiyat qaratilgan.
 
Yorg Pudelka Germaniyada yongʻin xavfsizligi sohasidagi tajribalar haqida maʼlumot berdi. Oʻzbekistonda keyingi yillarda yongʻin xavfsizligi xizmati tizimi faoliyatini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak xalqaro eʼtirofga sazovor boʻlayotganini taʼkidladi.
 
Muloqot soʻnggida Germaniyadagi yongʻin xavfsizligi tizimidagi taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan yaqin hamkorlik qilishga kelishib olindi.
 
Sherali Anvarov,
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Yongʻin xavfsizligi instituti
matbuot kotibi

Поделиться