O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Kanadalik kompaniya yuqori texnologiyalarni Oʻzbekistonga joriy qilish istagini bildirdi
2019-02-13 | Texnologiyalar
11-fevral kuni Innovatsion rivojlanish vazirligida Kanadaning “Blockfusion” kompaniyasining rahbarlari Aleks Martini-Lo Manto, Jordan Oksley, Kant Trivedi bilan uchrashuv boʻldi. Mehmonlarni Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari v.b. Sharof Rajabboyev qabul qildi.
Kompaniya vakillari “Blockfusion” blokcheynlar infratuzilmasini yaratuvchi dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri boʻlib, kriptografiyani ommaviy joriy qilinishi ragʻbatlantirish maqsadida kriptoxizmatlar majmuini taklif etuvchi yangi imkoniyatlarga investitsiyalar kiritish bilan shugʻullanishi haqida soʻzladilar. Suhbat davomida Oʻzbekistonga yuqori texnologiyalarni joriy qilish, jumladan, quyosh batareyalari va panellari, yuqori tezlikdagi 5G aloqa bilan taʼminlash masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar kompaniyaning mahsulotlari haqida toʻliq maʼlumotlar taqdim etilganidan keyin muzokaralarni davom ettirishni kelishib oldilar.