O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vazirligi huzuridagi multimedia markazi: tahliliy kontent va kreativ yondashuv

2019-02-01 | Texnologiyalar

2019-yilning 1-fevral kuni Adliya vazirligi huzuridagi eng yangi IT-texnologiyalari va raqamli uskunalar bilan jihozlangan Axborot-tahlil multimedia markazi taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Tantanali ochilish marosimida mamlakat parlamenti, sud-huquq sohasining yetakchi vakillari, turli vazirlik va idoralar rahbarlari, mahalliy va xorijiy OAV, shuningdek, keng jamoatchilik ishtirok etdi. Prezidentimizning “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi farmoni bilan Adliya vazirligi oldiga qoʻyilgan dolzarb vazifalar ijrosi doirasida markaz oʻz faoliyatini mutlaqo yangi formatda davom ettiradi. Muhim mezonlar sifatida jamoa sifat, tahlil, kreativ yondashuv va innovatsion yechimni belgilab olgan. 

Shu bilan birga, ushbu markaz mazkur Farmon bilan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi hamda Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasini 2019 yilda samarali amalga oshirish boʻyicha tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashni oʻz oldiga asosiy maqsad qilib belgilab olgan.

Multimedia markazida ijod qilish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Maxsus dekoratsiyali va zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan bir nechta studiya faoliyat yuritib, ularga mamlakatimizning yetakchi telekanallari ham havas qilsa arziydi. Bu yerda tok-shou va turli formatdagi dasturlarni suratga olish mumkin. Ommaviy axborot vositalari bilan muloqot qilish, jumladan yuzma-yuz interaktiv uchrashuvlar, brifing va matbuot anjumanlari oʻtkazish uchun maxsus media maydonchalar yaratilgan. Markazni texnik jihatdan jihozlash — LED-ekranlar, kameralar, yoritgichlar, koʻp funksiyali ovoz yozish tizimi va boshqa apparatura jamoaga eng dadil media loyihalarni amalga oshirish, xususan hujjatli filmlarni suratga olish imkonini beradi.

Adliya vazirligi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi oʻz oldiga qanday vazifalarni qoʻymoqda?

Birinchidan, huquqiy maʼrifat. Aholining huquqiy savodxonligi darajasi davlat va jamiyatning rivojlanganlik darajasini belgilab beradi. Dunyo amaliyoti aholining huquqiy bilimlarini oshirish huquqiy normalarga rioya etmaganlik uchun qatʼiy jazo qoʻllashdan koʻra samaraliroq ekanligini koʻrsatmoqda. Multimedia markazi qonun hujjatlarining mazmuni va mohiyatini oddiy va xalqchil tilda, murakkab yuridik atamalardan foydalanmagan holda tushuntirishga eʼtibor qaratib, bu jarayonda vizual effektlar va infografidan foydalanmoqda.

Ikkinchidan, ishonchli maʼlumot taqdim etish. Soʻnggi yillarda internet yangiliklarni tarqatuvchi eng ommabop manba hisoblanadi. Biroq har doim ham Internetdan olingan maʼlumotlarga ishonsa boʻladimi? Adliya vazirligi huzuridagi multimedia markazi bunday vaziyatlarda OAV va Internet orqali tarqalayotgan yolgʻon, notoʻgʻri maʼlumotlarga tezkorlik va xolis munosabat bildirishga oʻz eʼtiborini qaratadi. Axborot oqimini tahlil qilish maʼlumotlarni tekshirish, ishonchli va obyektiv axborot, ushbu masalalar boʻyicha vakolatli mutaxassis va ekspertlar sharhlarini taqdim etish hamda aholi oʻrtasida uydirma gaplar va mish-mishlarning oldini olish imkonini beradi.

Uchinchidan, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik uchun adliya organlari va muassasalari faoliyati ochiqligi va shaffofligini taʼminlash. Bu jarayonda nafaqat adliya organlari faoliyatining oʻziga xos jihatlarini ochib beruvchi, balki jamoatchilikka davlat xizmatlaridan foydalanish tartibiga doir konsultativ yordam koʻrsatishga qaratilgan axborot-tahliliy va sharhlarga asoslangan media materiallar tayyorlanib, efir va ijtimoiy tarmoqlarga uzatiladi. Bunda asosiy eʼtibor koʻrgazmalilik, oddiylik, qabul qilinayotgan maʼmuriy reglamentlar talablarining xalqchilligi va sodda tilda tushuntirilishiga qaratilmoqda.

Aholini davlat organlari va davlat xizmatlari koʻrsatuvchi boshqa tashkilotlar faoliyatini oʻrganish natijalari, aniqlangan qonunbuzilish holatlari va tizimli kamchiliklar haqida tayyorlanadigan audio- va videoroliklar, tele- va radioeshittirishlar xabardor etishga qaratilganligi bilan ahamiyatli. Aybdor shaxslarga nisbatan qoʻllangan choralar va arizachilarning tiklangan huquqlari haqidagi mediamateriallar katta profilaktik taʼsirga ega boʻlib, aholining davlat organlariga boʻlgan ishonchini ortishiga xizmat qiladi.

Toʻrtinchidan, aholining barcha qatlamlari bilan muloqot oʻrnatish. Buning uchun multimedia markazi mutaxassislari vazirlikning masʼul xodimlari bilan birgalikda respublikamiz aholisining ehtiyoji, jumladan vazirlikning 1008 raqamli “ishonch telefoni”ga kelib tushayotgan murojaatlar tahlili natijalari, ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalar imkoniyatlaridan foydalangan holda eng dolzarb muammolar boʻyicha jamoatchilik fikrini oʻrganmoqda. Masalan, korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolarning huquqiy onggi va bilimini oshirish, qabul qilingan qonun hujjatlarining dolzarbligidan xabardor etishga qaratilgan 30 dan ortiq ijtimoiy rolik, Jizzax, Fargʻona, Namangan, Sirdaryo kabi viloyatlardan Adliya vazirligiga inson huquqlarini himoya qilish yoʻnalishida kelib tushgan murojaatlari asosida 40 dan oshiq maxsus reportaj va koʻrsatuvlar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan yangiliklarni aholi va ijrochilarga yetkazishga qaratilgan “Muhokama markazida” tok-shousining turkum sonlari tayyorlandi. Asosiysi – muammoli masalalar adliya organlari aralashuvidan soʻng barham topdi.

Shu tariqa, Adliya vazirligi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi — bu nafaqat adliya organlari va muassasalari manfaatlarini himoya qiluvchi PR-markaz, balki aholi barcha qatlamlarining huquqiy madaniyatini va savodxonligini oshirish, davlat organlari faoliyati ochiqligini taʼminlash vositasi, aholini qiynab kelayotgan masalalar boʻyicha ishonchli va obyektiv axborot manbasi, eng asosiysi fuqarolar bilan samarali har tomonlama aloqa oʻrnatish mexanizmi hamdir.

Поделиться