O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Milliy statistika tizimining faoliyati qoniqarlimi?
2019-02-01 | Jamiyat
Toshkent shahridagi Inha universitetida “Milliy statistika tizimi: nazariya va amaliyot” mavzuida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 31 iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida soha faoliyati yangi bosqichga koʻtarildi.
Xalqaro statistik, iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda. Jumladan, ayni paytda qoʻmita Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa bir qator nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan yaqin aloqa oʻrnatib, statistika sohasida samarali hamkorlik ishlarini olib bormoqda.
– Qaror ijrosi doirasida statistika organlari kadrlar salohiyatini oshirish, axborot tizimini yanada takomillashtirish va interaktiv xizmatlar koʻrsatish sifatini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda, – deydi Davlat statistika qoʻmitasi axborot xizmati rahbari Usmon Abdurasulov. – Shuningdek, sohada yigʻiladigan koʻrsatkichlar tarkibi va qoʻllaniladigan metodik hisoblashlarni yanada takomillashtirish hamda iqtisodiyot tarmoqlari va hududlar rivojlanishi statistikasida tahliliy ishlarni takomillashtirish, statistik maʼlumotlarni taqdim etishning zamonaviy vositalaridan foydalanish joriy etildi.
Davlat statistika qoʻmitasi masʼul xodimlari ishtirokchilarga tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼlumot berdi, savollariga javob qaytardi.
Gulnoza Boboyeva, OʻzA