O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Murojaatlar tizimli hal etilmoqda

2019-01-29 | Jamiyat

Milliy matbuot markazida “Ipoteka-bank“ aksiyadorlik-tijorat ipoteka banki isteʼmolchilarga koʻrsatayotgan xizmatlar samaradorligini yanada oshirish borasida belgilangan chora-tadbirlarga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi.

Murojaatlar bilan ishlash, shaxsiy va sayyor qabullar oʻtkazish, bu orqali fuqarolarning masalalarini joyida hal etish, sarsongarchilik va muammolar yuzaga kelishining oldini olish, bunday holatlarga nisbatan tezkorlik bilan munosabat bildirish, mijozlarning bank xizmatlaridan erkin foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish boʻyicha bank tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi taʼkidlandi.

Xususan, bank rahbariyati tomonidan har bir murojaatni Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi qonuni talablariga muvofiq, har tomonlama va xolisona, qonunda belgilangan muddatda koʻrib chiqish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan.

Oʻtgan yil davomida bank tizimiga kelib tushgan murojaatlar tahlili shuni koʻrsatmoqdaki, murojaatlarning aksariyat qismini uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditlari olish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish, plastik karta va terminallar hamda bank omonati bilan bogʻliq boʻlgan masalalar tashkil etgan. 2018 yil davomida bank tizimiga kelib tushgan 1 ming 829 murojaatdan 171 tasi qanoatlantirilib, ularda koʻtarilgan masalalar ijobiy hal etildi.

Bank boshqaruv raisi va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtgan yil davomida jami 313 ta jismoniy va yuridik shaxsning ogʻzaki murojaatlari qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan sayyor qabul jadvaliga muvofiq, boshqaruv raisi va uning oʻrinbosarlari tomonidan respublikamizning 44 ta tuman(shahar)larida oʻtkazilgan sayyor qabullar davomida 295 ta jismoniy va yuridik shaxs qabul qilindi.

Anjuman davomida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga bank mutaxassislari javob berdi.

 

Nurillo Nasriyev, OʻzA

Поделиться