O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Britaniyalik ekspertlar Oʻzbekiston tajribasini oʻrganmoqda

2019-01-29 | Jamiyat

Toshkentda Britaniya Kengashining ayollarda yetakchilik qobiliyatini oshirish, buning uchun mavjud imkoniyatlarni koʻrib chiqish va xalqaro tajribani oʻrganishni koʻzda tutuvchi dasturi doirasida uch kunlik seminar-trening boshlandi. 

Seminar-treningning ilk tadbiri “Bugun yetakchilik: rahbar ayollar uchun yangi imkoniyatlar” mavzusida tashkil etildi. Unda mamlakatimiz oliy taʼlim tizimida rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va Buyuk Britaniyaning “Advance HE” notijorat tashkiloti vakillari ishtirok etdi. 

Davra suhbatida Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Oʻzbekistondagi elchixonasi vakili Devid Spayers mamlakatimizda ayollar faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar Britaniya Kengashi tomonidan qoʻllab-quvvatlanishini taʼkidladi. “Advance HE” ijrochi direktori Alison Jons va boshqa ekspertlar Oʻzbekiston oliy taʼlim sohasida ish yuritayotgan rahbar ayollarning tajribasi, tashabbus va intilishlari bilan qiziqdi. 

“Advance HE” Buyuk Britaniyaning deyarli barcha oliy taʼlim muassasalari va Avstraliyaning 50 foiz universitetlarini qamrab olgan boʻlib, tashkilot oliy taʼlim sohasida taʼlim jarayonini takomillashtirish va boshqarish, shuningdek, teng huquqlilik va xilma-xillikni taʼminlash ishlarini olib bormoqda. 

Seminar-trening doirasida taʼlim sohasida ayollar yetakchiligi masalalariga bagʻishlangan yalpi muhokama ham oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Respublika Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Tanzila Norboyeva ishtirok etdi. 

 

Malohat Husanova, OʻzA

Поделиться