O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Kuba Elchisi bilan uchrashuv
2019-01-25 | Siyosat
2019-yilning 25-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Kuba Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Baku shahrida) Alfredo Nyevesa Portuondo bilan uchrashdi.
Ishonch yorliqlarini topshirish marosimidan soʻng Elchini qutlar ekan, vazir uni Oʻzbekistonda yuqori va masʼuliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat chogʻida ikki tomonlama va xalqaro tashkilotlar doirasidagi munosabatlar holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
2018-yil sentyabr oyida Toshkent shahrida ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi raundi muvaffaqiyatli oʻtkazilganligi mamnuniyat bilan qayd etildi. Ushbu maslahatlashuvlar Oʻzbekiston-Kuba muloqotini rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlariga eʼtibor qaratish imkonini berdi.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion va madaniy-gumanitar sohalarda oʻzaro manfaatli asosda hamkorlikni yanada mustahkamlashga Oʻzbekiston va Kuba sodiq ekanligi tasdiqlandi.
Uchrashuvda xalqaro siyosatning baʼzi masalalari yuzasidan fikr almashildi.