O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston Elchisi Ispaniya Qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi

2019-01-17 | Siyosat

2019-yilning 16-yanvar kuni Madrid shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Jahongir Ganiyevning Ispaniya Qiroli Filipp VI ga ishonch yorliqlarini topshirish rasmiy marosimi boʻlib oʻtdi.

Tantanali marosimdan soʻng boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Ispaniya munosabatlarining dolzarb jihatlari muhokama qilindi.

Ispaniya Qiroli yuqori darajadagi oʻzaro ishonch, ikki tomonlama va xalqaro kun tartibidagi muhim masalalar boʻyicha mavqelar oʻxshash va yaqinligiga yuksak baho berdi.

Ispaniya Qiroli Ostona shahrida “EXPO-2017” xalqaro koʻrgazmasi doirasida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Prezidenti bilan uchrashuvini alohida qayd etdi, ushbu uchrashuvda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish yoʻllari belgilangan edi.

Muloqot yakunida Ispaniya Qiroli Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga hurmat-ehtiromini izhor etib, unga oʻzining samimiy tilaklarini yetkazishni soʻradi.

Поделиться