O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Germaniya turoperatorlarini hamkorlikka chorlaydi
2019-01-17 | Turizm
2019-yil 15-yanvar kuni Germaniya Federativ Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchisi va “Allianz Selbständiger Reiseunternehmer (ASR)“ (Mustaqil sayyohlik kompaniyalari ittifoqi) prezidenti Jochen Szech oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda mamlakatlar oʻrtasida madaniy, ilmiy va taʼlim almashinuvini mustahkamlash, investitsion muhitni yaxshilash va sayyohlar oqimini koʻpaytirish maqsadida Germaniya davlati fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etilganligi munosabati bilan Mustaqil sayyohlik kompaniyalari ittifoqi aʼzolarini Oʻzbekistonga info-turga yuborish taklif etildi. Ittifoq tomonidan ham sayyohlik kataloglarda Oʻzbekistonning turistik imkoniyatlari haqidagi maʼlumotlarni, xususan, mamlakatga kirishda 30 kunlik vizasiz rejim tadbiq etilganligi haqidagi maʼlumotlar bilan yangilash taklifi bildirilgan.
Uchrashuv soʻngida mamlakatimiz turizm salohiyati bilan tanishish maqsadida yurtimizga tashrif buyuradigan turoperatorlar roʻyxatini tuzish va tashrif chogʻida ikki tomonlama hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida Oʻzbekiston turoperatorlari bilan B2B uchrashuvlari oʻtkazilishi haqida kelishuvga erishildi.
Maʼlumot oʻrnida, Germaniya Federativ Respublikasidagi Mustaqil sayyohlik kompaniyalari Ittifoqi tarkibiga hozirgi kunda 500 dan ortiq (200 ta turoperatorlar, 200 ta sayohat agentliklari va 100 ta media tashkilotlari va boshqalar) mehmonxona biznesi va aviaqatnovlarni amalga oshiradigan kompaniyalar aʼzo hisoblanadi.