O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xorazm Maʼmun akademiyasi seleksioner olimlari tomonidan yaratilgan “Niyat“ gʻoʻza naviga patent berildi
2019-01-17 | Fan
Xorazm Maʼmun akademiyasining seleksioner olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida gʻoʻzaning yangi “Niyat“ navi yaratilgan edi.
Ushbu nav tolasining texnologik koʻrsatkichlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Agrosanoat majmuida xizmat koʻrsatish markazi“ unitar korxonasi laboratoriyasida tahlil qilindi.
Laboratoriyaga 2018-yilda yetishtirilgan paxta hosilidan tola namunalari yetkazib berildi. Paxta tolasi namunalari sifat koʻrsatkichlari laboratoriyada HVI tizimi orqali sinovdan oʻtkazildi.
Tahlillarning koʻrsatishicha, ushbu yaratilgan yangi navlar tolasining sifati unga sanoat ishlab chiqarishi tomonidan qoʻyilgan talablarga javob beradi. Niyat gʻoʻza navini 2019-yilda Xorazm viloyatining ayrim tumanlarida sinov sharti bilan ekishga ruxsat berildi.