O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jurnalistlar davlat-xususiy sheriklik mexanizmini joriy etish boʻyicha xalqaro tajriba bilan tanishdi

2019-01-17 | Jamiyat

“Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida tashkil etilgan seminarda jurnalistlar davlat-xususiy sheriklik tizimining mohiyati bilan tanishdi. 

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan Xalqaro moliya korporatsisi (IFC) va Shveysariya hukumati bilan hamkorlikda tashkil etildi. 

Unda axborot agentliklari, davriy bosma nashrlar, mahalliy telekanallar, radiostansiya va veb-saytlarning 30 ga yaqin vakili ishtirok etdi. 

Xalqaro moliya korporatsiyasining jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha katta mutaxassisi Jeofri Kil jurnalistlarga rivojlangan mamlakatlarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning oʻziga xos xususiyatlari haqida maʼlumot berdi. 

U oʻz chiqishida davlat-xususiy sheriklik davlat va biznesning uzoq muddatli oʻzaro hamkorligiga asoslangan jamiyat infratuzilmasini rivojlantirish usullaridan biri boʻlib, bunda xususiy tomon nafaqat infratuzilma obyektini loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish yoki rekonstruksiya qilish, balki undan kelgusida foydalanish va texnik xizmat koʻrsatishda ham ishtirok etishini taʼkidladi. 

Iqtisodiy nuqtai nazardan davlat-xususiy sheriklikning asosiy maqsadi tegishli byudjet mablagʻlari hisobidan ochiq-huquqiy mahsulotlar bilan taʼminlanishi shart boʻlgan xizmatlar, ish va isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishda xususiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish hisoblanadi. U iqtisodiy aylanmada davlat ishtiroki ulushini qisqartirib, biznesni samarali yuritish imkonini beradi. Bu borada davlat-xususiy sheriklik xususiylashtirish hisoblanmaydi, aksincha, barcha aktivlar davlat mulki boʻlib qolaveradi. 

Seminar doirasida ishtirokchilar davlat-xususiy sheriklikning rivojlanish tarixi, asosiy koʻrinish va tushunchalari bilan tanishdi, shuningdek, uning xususiylashtirishdan nimasi bilan ajralib turishi haqida maʼlumot oldi. Muhokamaning alohida mavzusi infratuzilmani rivojlantirish, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish va taʼlim tizimi uchun davlat-xususiy sheriklik mexanizmidan foydalanishda davlat imkoniyatlariga bagʻishlandi. 

Seminar mavzusi hozirgi kunda davlat-xususiy sheriklik mexanizmini qoʻllagan holda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda xususiy sektor ishtirokini kengaytirishga yoʻnaltirilgan islohotlar amalga oshirilayotgan Oʻzbekiston uchun nihoyatda dolzarbligi taʼkidlandi. Infratuzilma va tavakkalchiliklar taqsimotida investitsiyalar uchun kapitalni jalb etish kabi bunday muhim yoʻnalishlardan tashqari, davlat-xususiy sheriklik, shuningdek, innovatsiyalarni joriy etish, ish oʻrinlari yaratish va iqtisodiy oʻsishni taʼminlashga ham yordam beradi. 

Xalqaro moliya korporatsiyasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Zafar Hoshimov taʼkidlashicha, seminar mamlakatimizda tatbiq etilayotgan iqtisodiyotda xususiy sektor rolini oshirishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi. Bundan tashqari, korporatsiya davlat-xususiy sheriklikning sinov loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashadi, ularning muvozanati va barqarorligini taʼminlashda xalqaro tajribadan foydalanadi. 

 

Roman Bondarchuk, OʻzA

Поделиться