O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Davlatimiz tomonidan dunyoning nufuzli mehmonxona brendlaridan foydalanish qisman moliyalashtiriladi
2019-01-14 | Turizm
Hurmatli mehmonxona xoʻjaligi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “Turizm tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4095-son Qaroriga muvofiq, dunyoning taniqli va nufuzli mehmonxona brendlaridan (mehmonxona brendlarining top-50 reytingiga koʻra) foydalanish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan tashkilotlar uchun royalti franchayzing toʻgʻrisidagi shartnoma kuchga kirgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi hajmda qisman moliyalashtirilishi belgilangan:
dastlabki 50 ta 3 yulduzli toifaga ega mehmonxona – har bir mehmonxonaning bitta xonasi uchun yillik 200 AQSH dollari ekvivalentida;
dastlabki 30 ta 4 yulduzli toifaga ega mehmonxona – har bir mehmonxonaning bitta xonasi uchun yillik 400 AQSH dollari ekvivalentida.
Bunda tashkilotlar uchun royaltini moliyalashtirishning umumiy hajmi koʻpi bilan 10 million AQSH dollari ekvivalentiga teng boʻladi.
Mehmonxona brendlarining TOP-50
ROʻYXATI
1. Hilton
2. Marriott
3. HYATT
4. Sheraton
5. Holiday Inn
6. Courtyard
7. Hampton Inn
8. Mercure
9. Ramada
10. SHANGRI-LA ASIA
11. Hotel ibis
12. Westin
13. DoubleTree
14. Premier Inn
15. Four Points
16. Embassy Suites Hotels
17. Fairfield Inn & Suites
18. Crowne Plaza
19. Renaissance Hotels
20. Novotel
21. Comfort Inn
22. NH
23. Residence Inn
24. SpringHill Suites
25. Autograph Collection Hotels
26. The Ritz Carlton
27. Melia
28. TRYP
29. Homewood Suites
30. Quality
31. Aloft
32. InterContinental
33. Howard Johnson
34. Millennium Hotels
35. XIV
36. Taj
37. Extended Stay America
38. Mandarin Oriental
39. Baymont
40. Sol
41. Copthorne Hotels
42. Jinjiang
43. Luxury Collection
44. Comfort Suites
45. Homeinns
46. Pullman
47. Le Meridien
48. La Quinta
49. Radisson Blu
50. Waldorf Astoria
www.brandfinance.com va bighospitality.co.uk veb-sayti maʼlumotlariga asoslangan xolda.
Shu munosabat bilan, yuqoridagi imtiyozlardan foydalanish maqsadida oʻzingizning mehmonxona faoliyati boshqaruviga ilovaga muvofiq mehmonxona brendlarining top-50 reytingiga koʻra dunyoning taniqli va nufuzli mehmonxona brendlarini franchayzing toʻgʻrisidagi shartnoma asosida jalb etish tavsiya etiladi.
Oʻz navbatida, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi mazkur yoʻnalishda barcha zarur amaliy yordam koʻrsatishga tayyorligini maʼlum qiladi.