O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shavkat Mirziyoyev: 2019 yil turizm rivojida tub burilish yili boʻladi

2019-01-10 | Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu haqda 8-yanvar kuni investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida aytib oʻtdi.

Davlatimiz rahbari, jumladan, Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy kompleksiga oid vazifalarga ham toʻxtalib, turizm sohasiga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etishni kuchaytirish zarurligini taʼkidladi.

– Turizm uchun bosqichma-bosqich hamma sharoitlarni yaratyapmiz, investorlarga, ishbilarmonlarga keng imkoniyatlar beryapmiz. 2019-yil turizm rivojida tub burilish yili boʻladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida ham bu soha rivoji boʻyicha takliflar bildirgan edi. Ushbu takliflarni amalda tatbiq etish maqsadida Prezidentning joriy yil 5-yanvardagi farmoniga muvofiq 2019-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi. Shuningdek, oʻsha kuni imzolangan Prezident qarori bilan mehmonxonalar tashkil etish boʻyicha istiqbolli investitsiya loyihalari roʻyxati qabul qilindi.

Maʼlumot uchun, 2017-yilda Oʻzbekistonga qariyb 2 million 700 ming, 2018-yilda 5 million 300 mingdan ortiq turist kelgan. 2025-yilda yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini 7 millionga, turizm eksportidan keladigan yillik daromadni esa 2 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Поделиться