O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Quvayt Elchisi bilan uchrashuv
2018-12-10 | Siyosat
2018-yilning 10-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Quvayt Davlati Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmad Xolid Abdulla al-Jiyron bilan uchrashdi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida turli shakllardagi O‘zbekiston – Quvayt munosabatlarini yanada rivojlantirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda 2019-yilda o‘tkaziladigan ikki tomonlama tadbirlar jadvali, jumladan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazish muddati hamda savdo-iqtisodiy va bank-moliya sohalaridagi hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha aniq takliflar ko‘rib chiqildi.