O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Nanotexnologiyalar sohasida hamkorlik

2018-11-26 | Texnologiyalar

Samarqandda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.Xolmurodov yurtimizga tashrif buyurgan “Rosnano” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori A.Chubays bilan uchrashdi. 

“Rosnano” 2011-yilda “Rossiya nanotexnologiyalar korporatsiyasi” negizida tashkil etilgan boʻlib, mamlakatda nanotexnologiyalar sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi. Zamonaviy mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish boʻyicha yuqori texnologik loyihalarni hayotga tatbiq etishga sarmoya kiritadi. Jamiyatning investitsiyalash siyosati asosan elektrotexnika, optoelektronika va telekommunikatsiyalar, sogʻliqni saqlash va biotexnologiya, metallurgiya, mashinasozlik, energetika, qurilish va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, kimyo va neft-kimyo sohalariga yoʻnaltirilgan. 

Bugungi kunda Rossiya Federatsiyasining 37 hududida “Rosnano” sarmoyasi asosida tashkil etilgan ilmiy-tadqiqot markazlari va 95 korxona faoliyat koʻrsatmoqda. Jamiyatning aksiyalari toʻliq davlat tasarrufida. Keyingi toʻrt yilda kompaniya toʻla foyda bilan ishlamoqda. 

Uchrashuvda mamlakatimizda nanotexnologiyalardan foydalanish sohasida olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi. Mazkur yoʻnalishda “Rosnano” bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar bu borada oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. 

 

Gʻ.Hasanov, Alisher Isroilov (surat), OʻzA

Поделиться