O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Shavkat Mirziyoyev Qoʻngʻirot tumanidagi oilaviy poliklinikani borib koʻrdi
2018-11-15 | Siyosat
Butun mamlakatimizda boʻlgani kabi Qoraqalpogʻistonda ham aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmatni yaxshilash borasida qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, 2017-2018-yillarda investitsiya dasturi doirasida 36 ta obyektda 84 milliard soʻmlikdan ziyod ishlar bajarilib, ular 2,8 million AQSH dollari qiymatidagi zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi.
“Qoʻngʻirot” fuqarolar yigʻinidagi 23-oilaviy poliklinika joriy yilda rekonstruksiya qilindi. Zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari oʻrnatildi.
Bu poliklinika “Qoʻngʻirot”, “Shumanay”, “Qangli” ovul fuqarolar yigʻinlarida yashaydigan 12 ming aholiga xizmat koʻrsatadi. Oliy maʼlumotli shifokorlar bir kunda 100 kishiga xizmat koʻrsatadi.
Poliklinika tarkibida besh oʻrinli statsionar va tez tibbiy yordam shoxobchasi tashkil etilgan. Ayollar maslahatxonasi, oʻsmir-qizlar xonasi, ijtimoiy dorixona, fitobar ochilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi salomatligini mustahkamlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilishini, ayniqsa, xotin-qizlar va bolalar sogʻligi uchun barcha sharoit yaratilishini taʼkidladi.