O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

XTV OAVlarda chop etilgan avtobuslar haqidagi xabarlarga aniqlik kiritadi

2018-11-08 | Jamiyat

Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi baʼzi internet nashrlarida mamlakatimizning barcha maktablari 2019 yilning 1 yanvarigacha avtobuslar bilan taʼminlanishi haqidagi xabarlarga aniqlik kiritadi.

Joriy yilning 2 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida xalq taʼlimi tizimini yanada rivojlantirish borasidagi islohotlar samaradorligini oshirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazilgan edi.

Mazkur yigʻilishda 2019 yil 1 yanvargacha joylardagi maktab filiallarini asosiy maktabga aylantirish vazifasi qoʻyildi. Asosiy maktab tashkil etish maqsadga muvofiq boʻlmagan joylarda esa, oʻquvchilarning asosiy maktabga borishlari uchun avtobus xizmatlari yoʻlga qoʻyilishi masalasini oʻrganib chiqish kerakligi taʼkidlandi. Bu tashabbus qishloq bolalarini ham yaxshi sharoitlarda oʻqishini taʼminlash oʻquvchilar uzogʻini yaqin qilishga qaratilgan.

Eslatib oʻtamiz Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi tizimida 9,6 mingdan ziyod maktablar faoliyat yuritadi va ularning barchasini ikki oyda avtobuslar bilan taʼminlash imkoniyati mavjud emas. Shuning uchun bu masala birinchi navbatda eng zarur boʻlgan uzoq joylardagi maktablar uchun koʻzda tutiladi.

Поделиться