O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ostona shahridagi vazirliklararo maslahatlashuvlar toʻgʻrisida
2018-10-26 | Siyosat
2018-yilning 25-oktabr kuni Ostona shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasida 2018-yilga moʻljallangan Hamkorlik dasturiga muvofiq konsullik masalalari boʻyicha navbatdagi vazirliklararo maslahatlashuvlar boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston TIV Konsullik-huquqiy departamenti va Qozogʻiston TIV Konsullik xizmati departamenti delegatsiyalari 1963-yilgi Konsullik aloqalari toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi, huquqiy yordam hamda fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi koʻp tomonlama va ikki tomonlama hujjatlar qoidalarining bajarilishi bilan bogʻliq masalalarni, shuningdek bir-birlarining hududlarida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi fuqarolariga konsullik-huquqiy yordam koʻrsatish boʻyicha joriy hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
Maslahatlashuvlar nihoyasiga yetgach, yakuniy bayonnoma imzolandi.
Maslahatlashuvlarning keyingi raundi Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadi.