O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Moliya vazirligi xodimlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi malakasini oshirish

2018-10-17 | Texnologiyalar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida professional kadrlarni tayyorlash va rivojlantirish uchun AT-texnologiyalarni jadal rivojlantirishni hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining 9 nafar xodimlarini xorijiy davlatlarning yetakchi taʼlim muassasalarida taʼlim olishini tashkil qildi.

Ulardan 7 nafar xodimlari Hindistonning Texnik-iqtisodiy hamkorlik (ITEC) dasturi boʻyicha yuqori texnologiyalarni rivojlantirish institutida (Noida shahri), hamda 2 nafari-Koreya Xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) yetakchi mutaxassislari uchun AKT siyosatini ishlab chiqish dasturi boʻyicha oʻqishni tamomladilar.

Tadqiqotning asosiy yoʻnalishlari davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning real sektori sohasidagi innovatsiyalar, raqamli iqtisodiyotni joriy etish, shu jumladan, ishlab chiqarishda kompleks avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish, shuningdek elektron tijoratni rivojlantirishdan iborat boʻldi.

Hozirgi vaqtda bizning xodimlarimiz Moliya vazirligi tizimidagi oʻzgarishlar va innovatsiyalarni joriy etishda Koreya va Hindistonda olgan bilim va koʻnikmalarini amaliyotda qoʻllaydilar. Bundan tashqari, xodimlar oʻzlarining hamkasblari bilan tajriba almashishadi, bu esa ish oqimining samaradorligini oshiradi. Ushbu jarayon foydali va samarador boʻlib, korxonaning AKTsini yanada rivojlantirishda muammolar yechimining innovatsion yondashuvi jarayoniga ijobiy taʼsir koʻrsatuvchi omildir.

Albatta, xodimlarni qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish- bu maqsadlarga erishishda eng katta motivatsiya.

Joriy yilning oxirigacha Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining 7 nafar xodimlarini qayta tayyorlov oʻqishlariga yuborilishi rejalashtirilgan.

Поделиться