O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Fransuz banki bilan 500 million yevrolik shartnomalar imzolandi

2018-10-08 | Iqtisodiyot

Milliy bank va Fransiyaning NATIXIS banki oʻrtasida 500 million yevrolik shartnomalar imzolandi.

Parijda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga rasmiy tashrifi arafasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston-Fransiya biznes-forumi doirasida Oʻzbekiston Milliy banki va NATIXIS banki 500 mln. yevrolik kredit bitimlarini imzoladi.

Oʻzbekiston Milliy banki matbuot xizmati maʼlum qilishicha, bitimlar eksport-kredit agentliklari kafolati ostida Fransiya va boshqa Yevropa mamlakatlaridan yuqori texnologiyalar va xizmatlarni kichik biznes subyektlari va xususiy tadbirkorlarga yetkazib berish boʻyicha investitsion loyihalarni moliyalashtirishni kengaytirishni nazarda tutadi.

Kelishuvlarga koʻra, bitimlar doirasida eksportni moliyalashtiruvchi loyihalarni amalga oshirish hamda Yevropa kapital bozoriga kirishda koʻmak berish hamda strategik loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlarni ajratish koʻzda tutilgan.

NATIXIS banki bilan hamkorlikning yoʻlga qoʻyilishi ikki davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar rivojlanishiga omil boʻladi, shuningdek, maqbul shartlarda uzoq muddatli kredit resurslarini jalb etish va Oʻzbekistonda biznes qilish uchun yangi investitsion imkoniyatlarni yaratadi.

NATIXIS (Natiksis) – Fransiyaning eng yirik korporativ va investitsiya banklaridan biri boʻlib, BPCE Group tarkibiga kiradi hamda mamlakatda kattaligi jihatidan toʻrtinchi oʻrinda turadi.

 

F.Erkinov, OʻzA

Поделиться