O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda Oʻzbekiston va BAA ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum boʻlib oʻtdi

2018-10-04 | Iqtisodiyot

2018 yil 3 oktabr kuni Toshkentda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsion aloqalarni rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston-BAA biznes-forumi boʻlib oʻtdi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha Davlat qoʻmitasi tomonidan tashkil etildi.

Anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Suhrob Xolmurodov, Tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov, Abu-Dabi savdo-sanoat palatasi boshqaruvi hamda Birlashgan Arab Amirliklari savdo-sanoat palatasi federatsiyasi rais oʻrinbosari Ibraxim Al-Maxmud, Investitsiyalar boʻyicha Davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Shuhrat Vafayev, Turizmini rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Ulugʻbek Qosimxoʻjayev, “Oʻzbekneftegaz” OAJ boshqaruvi raisi Bahrom Ashrafxonov va “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi oʻrinbosari Azmiddin Qambarovlar nutq soʻzladi. 

Biznes-forumda 80 ta neft, gaz, kimyo, elektrotexnika, toʻqimachilik, farmatsevtika, charmsanoat va qishloq xoʻjaligi sohalarida faoliyat koʻrsatayotgan ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi. Forumning rasmiy qismidan soʻng ishtirokchilar oʻrtasida B2B uchrashuvlari oʻtkazildi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va oʻzaro tovar ayirboshlashning barqaror oʻsishiga erishish ikki mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikning asosiy vazifa ekanligini qayd etib, ushbu tadbir hamkorlikni yanada mustahkamlashiga umid bildirishdi.

Поделиться