O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi va Xolon texnologiyalari instituti (Isroil) oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

2018-08-25 | Jamiyat

Shu kunlarda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, Sogʻliqni saqlash vazirligi vakillaridan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasi Isroil davlatida rasmiy tashrif bilan boʻlib turibdi. Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad – sogʻliqni saqlash tizimidagi eng soʻnggi oʻzgarishlar, boshqaruvning samarali usullari, zamonaviy tibbiyot uskunalari va texnologiyalari bilan tanishish, xorijiy muassasa va mutaxassislar bilan yaqin aloqalarni oʻrnatish.

Delegatsiya aʼzolari bugungi kunga qadar Tel-Aviv, Ierusalim va Xolon shaharlariga tashrif buyurib, u yerda qator uchrashuv va muzokaralar oʻtkazmoqdalar. Jumladan, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi direktori A.Burxanov Xolon texnologiyalar instituti vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Oʻzbekistonda jamiyat hayotining barcha yoʻnalishlarini rivojlantirish maqsadida qabul qilingan Harakatlar strategiyasi va uning doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan ijtimoiy sohani rivojlantirish boʻyicha erishilgan natijalar haqida maʼlumot berdi.

Bundan tashqari, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi faoliyati, uning vazifa va maqsadlari taqdimoti oʻtkazildi. Muzokaralar yakunlariga koʻra Markaz va Xolon texnologiyalar instituti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga koʻra tomonlar yuqori texnologiyalar va zamonaviy innovatsiyalarni Oʻzbekistonda joriy qilish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar hamda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

Поделиться