O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

MDH jurnalistlari turizmni rivojlantirish masalalarini muhokama qilmoqda

2018-08-13 | MDH

Tojikiston Respublikasi poytaxtida MDHga a’zo mamlakatlar davlat axborot agentliklari jurnalistlari uchun ikkinchi press-tur o‘z ishini boshladi. Unda O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus, Armaniston va Rossiya vakillari ishtirok etmoqda. 

Anjumandan ko‘zlangan maqsad MDH mamlakatlarining sayyohlik salohiyatini namoyish etish, sohada qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarni ommalashtirish, yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganish va ularning yechimi yuzasidan zarur chora-tadbirlarni belgilab olishdir. 

Tadbirning ochilishida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Ijroiya apparati mas’ul vakili Adham Ma’murzoda so‘zga chiqib, press-tur katnashchilariga muvaffaqiyat tiladi. Tojikiston hukumati huzuridagi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi No‘mon Abdug‘afforzoda va boshqalar mamlakatda ichki va xorijiy turizmni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Turizm istiqbollari, jumladan, so‘nggi yillarda paydo bo‘layotgan ekologik, sog‘lomlashtirish, sayohat va ov kabi yangi yo‘nalishlarni ommalashtirish yuzasidan fikr almashildi. 

MDH mamlakatlari rahbarlarining turizmni rivojlantirishga oid fikr va qarashlari bir-biriga hamohang. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu haqda so‘z yuritar ekan, turizm strategik soha bo‘lib, iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi lokomotiv ekanini ko‘p ta’kidlaydi. Davlatimiz rahbari aytganidek, turizm turmushni mazmunga boy qilishga xizmat qiladi. Shu bois ushbu sohani rivojlantirishga alohida e’tibor berish, turistlar uchun barcha shart-sharoitni yaratish lozim. 

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Abdulaziz Aqqulov mamlakatimizda sayyohlikni rivojlantirish yo‘lida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani, xususan, xorijiy sayyohlarni ko‘proq jalb qilishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar, yurtimizning sayyohlik imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. 

Tojikiston Respublikasida ham turizmni rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Xorijiy sayyohlarni mamlakatga kengroq jalb qilish maqsadida bojxona solig‘i bo‘yicha qator imtiyozlar joriy etilgan, yangi tashkil qilingan sayyohlik kompaniyalari, turistik xizmat markazlari, mehmonxonalar, sanatoriylar qo‘shimcha qiymat solig‘idan 5 yilga ozod qilingan. 112 mamlakat fuqarolari uchun yengillashtirilgan viza tizimi joriy etildi. 

Tojikistonning turizm borasidagi imkoniyatlari to‘g‘risidagi xabar va ma’lumotlar internet saytlarda tojik, rus, ingliz, nemis, fransuz, ispan, arab, yapon va xitoy tillarida berilmoqda. Targ‘ibot-tashviqot ishlari samarasi ham ko‘zga yaqol tashlanib turibdi – shu yilning o‘tgan davrida Tojikistonga 135 davlatdan sayyohlar kelgan. 

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon tashabbusi bilan 2018 yil mamlakatda Turizmni rivojlantirish va xalq hunarmadligi yili, deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan “Rangorang” nomli madaniy-turistik festival o‘tkazish, balandligi 7495 metr bo‘lgan Ismoil Somoniy cho‘qqisiga chiqish bo‘yicha alpinistlarning xalqaro ekspeditsiyasini tashkil etish an’anaviy tus oldi. 

2018 yilda MDHga Tojikiston Respublikasi raislik qilmoqda. Shu bois joriy yilda Hamdo‘stlikning hamkorlik dasturida ko‘zda tutilgan barcha tadbirlar Tojikistonda o‘tkazilmoqda. 

Поделиться