O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tojikiston harbiy delegatsiyasi Samarqandda

2018-08-09 | Jamiyat

Tojikiston Respublikasi mudofaa vaziri Sherali Mirzo boshchiligidagi harbiy delegatsiya Samarqandda bo‘ldi. 

Mehmonlar O‘zbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov hamrohligida dastlab Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi. Tojikistonlik harbiylarga buyuk muhaddis bobomizning islom madaniyati rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi, mustaqillik yillarida bu ulug‘ zot nomi bilan bog‘liq maskanda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari haqida ma’lumot berildi. 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ayni paytda majmuani rekonstruksiya qilish hamda bu yerda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini bunyod etish ishlari olib borilmoqda.

Shundan so‘ng Tojikiston mudofaa vaziri O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbara-majmuasida bo‘ldi. Qur’on tilovat qilinib, Islom Karimov qabriga gullar qo‘yildi. 

Majmuaning milliy me’morchilik an’analari asosida bunyod etilgani va bu yerda ziyoratchilar uchun yaratilgan sharoit mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, Tojikiston harbiy delegatsiyasi Samarqanddagi Xo‘ja Doniyor ziyoratgohi, Amir Temur maqbarasi va Registon maydonida ham bo‘ldi. 

Markaziy harbiy okrug va bu yerda harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan sharoit, harbiylarning o‘quv va taktik mashg‘ulot o‘tkazish jarayoni bilan tanishuv ham delegatsiya a’zolarida katta qiziqish uyg‘otdi. 
 

G‘olib Hasanov, Alisher Isroilov (surat) O‘zA

Поделиться