O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vazirini qabul qildi

2018-08-06 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 avgust kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj xonimni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanib borayotganini chuqur mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Joriy yil iyun oyida Sindao shahridagi Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar va uning yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar amaliy hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab olish imkonini berdi.

Suhbatda ikki davlat o‘rtasidagi keng ko‘lamli, avvalo savdo-iqtisodiy, investitsiya, innovatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash muhimligi alohida qayd etildi.

Farmatsevtika va tibbiyot, axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa tarmoqlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Hindistonga bo‘lajak davlat tashrifi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalariga asoslangan munosabatlarda yangi davrni boshlashga, ikki tomonlama hamkorlikni yanada yuqori bosqichga olib chiqishga qaratilgani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, tomonlarni qiziqtiruvchi xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj davlatimiz rahbariga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirib, Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Natx Kovind va Bosh vaziri Narendra Modining salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Hindiston hukumati mamlakatimizni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasi va sifatini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohot va yangilanishlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashi ta’kidlandi.

Hindiston O‘zbekistonning mintaqada xavfsizlik, barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlash borasidagi tashabbuslarini yuqori baholashi va qo‘llab-quvvatlashi qayd etildi.

Sushma Svaraj Hindiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasi bilan ko‘p qirrali hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga intilishi qat’iy ekanini ta’kidladi.

Поделиться