O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligida Bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri – Jamshid Qo‘chqorovning “Anadolu group” xoldingi raisi Tundjay Ozilxan boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2018-07-31 | Iqtisodiyot
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vaziri – Bahodir Yusupov va “O‘zbekoziqovqatxolding” AJ raisi – Toxirjon Jalilov ishtirok etishdi.
“Biz O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan yangiliklarni sinchkovlik bilan kuzatib bormoqdamiz. Investorlar bilan yangicha hamkorlik strategiyasini tuzish, investitsion muhit uchun qulay sharoit yaratish, valyuta bozorining liberalizatsiya qilinishi, ochiq iqtisodiyot – bularning barchasi biz uchun juda katta ahamiyatga ega. Biz turli yo‘nalishlardagi loyihalarni amalga oshirishga hamda uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikka intilmoqdamiz”. Uchrashuv davomida bu haqda Tundjay Ozilxan janoblari aytib o‘tdilar.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Turkiya mamlakatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatning yangi bosqichga o‘tganliklari va bunday tempning ikki mamlakat rahbarlarining o‘zaro tashriflari tomonidan berilishi ta’kidlab o‘tildi.
Mehmonlar tomonidan O‘zbekistonning Turkiya Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorligini kengaytirish va mustahkamlash xatti-harakatlarini qadrlashlari ta’kidlab o‘tildi.
“Anadolu group” raisi – Tundjay Ozilxan turli xildagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga, ilg‘or malaka va yangicha texnologiyalarni ustuvor modernizatsiya dasturlarini amalga oshirishga, sanoat va infratuzilmani texnik va texnologik qayta qurollantirishga jalb etishga tayyorligini aytib o‘tdi.
Tomonlar ikki davlatning qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, tekstil sanoati, zamonaviy qurilish mollarini ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdilar
Yaqin kunlarda investitsiya yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha ishchi guruhini tuzish rejalashtirilmoqda.