O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vazirligida “Merritz” xalqaro yuridik kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2018-07-19 | Jamiyat

2018 yil 17 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida “Merritz” xalqaro yuridik kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari N.Jo‘rayev hamda London, Dubay va Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi “Merritz” kompaniyasi ta’sischilaridan biri D.Bayzakova ishtirok etdi.

Mazkur kompaniya xalqaro tijorat faoliyatini huquqiy ta’minlash hamda xalqaro tijorat nizolarini hal etishga ixtisoslashgandir.

Ta’kidlash joizki, D.Bayzakova O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lib, “Buyuk kelajak” XNNT xalqaro eksperti hamda Dubay xalqaro arbitraj markazi va Parijdagi Xalqaro savdo palatasi qoshidagi Xalqaro arbitraj sudi arbitrlar ro‘yxatiga kiruvchi mutaxassisdir.

Uchrashuv doirasida Adliya vazirligining “Merritz” kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilinib, O‘zbekistonda xalqaro arbitraj institutini rivojlantirish, xalqaro tijorat nizolarini hal etish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash, xorijiy investorlar va xalqaro mutaxassislarni O‘zbekistonga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ko‘rsatib o‘tish mumkinki, xalqaro yuridik kompaniyalarni va xalqaro mutaxassislarni O‘zbekistonga jalb etilishi, shuningdek, xalqaro tijorat nizolarini hal etish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari milliy investitsiya muhitini rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Поделиться