O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Halol standarti sertifikati O‘zbekistonda qanday yo‘lga qo‘yilgan?

2018-07-16 | Jamiyat

Bugungi kunda “O‘zstandart” agentligi ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik bo‘yicha 33 mamlakat bilan 47 hujjat imzolagan.

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan “O‘zstandart” agentligining xalqaro munosabatlardagi mavqei va hamkorlik istiqbollari” mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi.
 
Unda agentlik bosh direktori o‘rinbosari Jasur Shukurov va boshqalar xalqaro hamkorlikning holati va istiqbollari yuzasidan ma’lumot berdi.
 
Bugungi kunda “O‘zstandart” agentligi ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik bo‘yicha 33 mamlakat bilan 47 hujjat imzolagan. Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarini qamrab olgan kelishuvlardan 12 tasini hukumatlararo, 35 tasini idoralararo bitimlar tashkil etadi.
 
“O‘zstandart” agentligi standartlashtirish sohasida Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO), Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (MEK), Rossiyaning “Rosstandart”, Malayziyaning Standartlar departamenti, Janubiy Koreyaning Texnologiyalar va standartlar agentligi, Singapurning “Spring” kabi tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatgan.
 
Metrologiya sohasida hamkorlikni qonuniylashtiruvchi xalqaro tashkilot (MOZM), Hududiy metrologiya tashkiloti (KOOMЕT), Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi (BIPM) hamda halol standarti sohasida Islom davlatlari standartlashtirish va metrologiya instituti (SMIIC) va Turkiya standartlar instituti bilan yaqin aloqa o‘rnatilgan.
 
– O‘zbekistonda halol standarti bo‘yicha hali to‘liq tizim ishlab chiqilmagan, halol standarti sertifikati beradigan tashkilotlar mavjud emas. Shu yo‘nalishda ishlar olib borilmoqda. Tez orada halol standarti sertifikati beradigan tashkilotlarga ega bo‘lamiz, – dedi J.Shukurov.
 

D.Sunnatov, O‘zA

Поделиться