O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mustahkam hamkorlik – barqarorlik asosi

2018-07-13 | ShHT

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan BMT Bosh Assambleyasining “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” rezolyutsiyasi qabul qilingani munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. 

Unda senatorlar, deputatlar, mutasaddi idoralar, diplomatik korpus vakillari, ekspertlar ishtirok etdi. 

Institut direktori V.Norov, Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi A.Kurmanov, BMTning mamlakatimizdagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi X.Freyzer va boshqalar ushbu rezolyutsiya Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, mintaqadagi siyosiy muhitni tubdan o‘zgartirish, konstruktiv va yaxshi qo‘shnilik munosabatlarini mustahkamlashga zamin yaratishini alohida ta’kidladi. 

Mintaqa davlatlarining barqaror rivojlanishi va xavfsizligi bilan bog‘liq ko‘plab savollarning yechimi bevosita Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning holati va mintaqaviy hamkorlik samaradorligiga bog‘liq. Shu maqsadda O‘zbekiston Markaziy Osiyoda joylashgan barcha davlatlar bilan o‘zaro manfaatdorlik va hurmatga asoslangan munosabatlarni rivojlantirish uchun qat’iy va aniq qadamlarni qo‘ymoqda. O‘zbekistonning mintaqa bo‘yicha yangi siyosati bu yerda mavjud va yig‘ilib qolgan masalalarni yechishda o‘z vaqtida va samarali harakat bo‘ldi. 

Ta’kidlash joiz, ushbu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan edi. 

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tarixiy hujjatning loyihasi O‘zbekiston tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Bunda har bir mamlakatning manfaati hisobga olingan. Shuningdek, 55 davlat bu rezolyutsiyaning hammuallifi hisoblanadi. 

Rezolyutsiya Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqada barqaror taraqqiyot va xavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan barcha tashabbuslarini qamrab olgan. Hujjatda mintaqaning asosiy muammolari bo‘yicha Markaziy Osiyodagi 5 davlatning umumiy pozitsiyalari belgilangan bo‘lib, ekologiya, suv resurslaridan unumli foydalanish, transport-kommunikatsiya, terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash kabi global muammolarga e’tibor qaratilgan. Rezolyutsiyada Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish masalasi ham o‘z aksini topgan. 

– Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik, konstruktiv muloqotni yaxshilashda O‘zbekiston faollik ko‘rsatayotgani quvonarli hol, – deydi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi Jon Makgregor. – Mintaqada davlatlararo hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish nafaqat Markaziy Osiyo, balki qo‘shni mintaqalarning farovonligi va barqaror rivojlanishining kafolatidir. 

 

Nurillo Nasriyev, Oqil G‘ulomov (surat) O‘zA

Поделиться