O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent xalqaro televizion festivaliga mezbonlik qiladi

2018-07-04 | Madaniyat

Joriy yil 4-7-oktyabr kunlari mamlakatimizda televideniye sohasiga bag‘ishlangan yirik xalqaro festival bo‘lib o‘tadi. Bu “Rossiya televideniye akademiyasi" jamg‘armasi tomonidan bir necha yildan buyon Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va yaqin xorijdagi televideniye ijodkorlari o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan“TEFI Hamdo‘stlik” xalqaro televizion festivalidir.

"TEFI Hamdo‘stlik” o‘z nufuzi bilan dunyodagi ayni sohaga bag‘ishlangan boshqa yirik festivallardan qolishmaydi. Xalqaro televizion festivalga 2011 yilda asos solingan bo‘lib, u ilk kunlardanoq MDHga a’zo mamlakatlar gumanitar hamkorligi jamg‘armasi va Rossiya matbuot va ommaviy kommunikatsiyalar federal agentligi tomonidan rag‘batlantirilib kelinmoqda.
 
Hamdo‘stlik mamlakatlarida yagona axborot makonini shakllantirishni maqsad qilgan festivalga har yili MDHning biror mamlakati mezbonlik qiladi. Festival mavzulari ham xilma-xil. «TEFI Hamdo‘stlik” doirasida ekspertlar kengashi tuziladi, sohaning tajribali mutaxassislari ishtirokida mahorat darslari, zamonaviy televideniyening dolzarb muammolariga bag‘ishlangan munozaralar, televizon ijodiy ishlar muhokamalari, ochiq suhbatlar o‘tkaziladi. Festival yakunida g‘oliblarga maxsus mukofotlar topshiriladi.
 
O‘tgan yili Minsk shahrida o‘tgan “TEFI Hamdo‘stlik – 2017” festivalida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan suratga olingan “Chorak asr shiddati: Surxondaryo” hujjatli filmi yuksak e’tirofga sazovor bo‘lgan edi.
 
Ayni vaqtda “Rossiya televideniye akademiyasi” jamg‘armasi O‘zbekistondagi hamkorlari bilan festivalga tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborgan. Shu kunlarda “TEFI Hamdo‘stlik 2018”ga ijodiy ishlar topshirish muddati yakunlandi. Bu yil festival “Vatan obrazi: vaqt, makon, taqdir” mavzuida o‘tkaziladi.
 
– Festivalga mavzu tanlashda MDH xalqlarining milliy o‘ziga xosligi, ishtirokchilarning qiziqishlarini inobatga olamiz, – deydi “Rossiya televideniye akademiyasi” jamg‘armasi direktori Eteri Leviyeva. – Misol uchun, “TEFI Hamdo‘stlik”ning o‘tgan yillardagi bosh mavzulari axborot teledasturlari, bolalar televideniyesi, musiqiy va ko‘ngilochar dasturlarga bag‘ishlangan edi. Bu yilgi festival mavzusi Hamdo‘stlik davlatlarining hamjihatligiga qaratilgan. O‘ylaymizki, professional teleijodkorlar tomonidan ayni mavzuda tayyorlangan ijodiy ishlar teletomoshabinlar uchun qiziqarli bo‘ladi.
 
So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari tobora mustahkamlanmoqda. Mamlakatlarimiz hamkorligi barcha sohada, jumladan, ommaviy axborot vositalari yo‘nalishida ham rivojlanmoqda. Yurtimiz mezbonlik qilishi kutilayotgan "TEFI Hamdo‘stlik” festivali soha yangiliklari, televideniye ijodkorlari uchun tajriba va mahorat maydoni bo‘lishdan tashqari, do‘stona munosabatlar yaxshilanishiga ham o‘z hissasini qo‘shadi.
 

M.Husanova, O‘zA

Поделиться