O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yangicha yondashuv milliy armiyani salohiyatli kadrlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi

2018-06-28 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan “Milliy armiyani salohiyatli kadrlar bilan ta’minlashga yangicha yondashuvlar: amaliyot, muammolar va ularning yechimi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 

Mamlakat mudofaa sohasini isloh qilish, professional asosdagi Qurolli Kuchlarni shakllantirish, uning tarkibini yuqori malakali, kasbiy mahorat va jangovar qobiliyatga ega, harbiy kasb talablariga javob bera oladigan kadrlar bilan ta’minlashga ustuvor ahamiyat berilmoqda. 

Bugungi kunda umumta’lim maktablaridagi 284 ming nafardan ziyod o‘quvchiga chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qitib kelinmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini isloh qilish va yanada rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori bilan mamlakatimizdagi 29 ta ta’lim muassasasi zimmasiga oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklatildi. 

Armiyaning asosiy tayanchi bo‘lgan serjantlar korpusini shakllantirishga ham alohida e’tibor qaratilyapti. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kichik mutaxassislarini tayyorlash maktabida 26 ta yo‘nalish va ixtisoslik bo‘yicha harbiylar o‘qitilmoqda. 

Bugungi kunda milliy armiyani salohiyatli kadrlar bilan ta’minlashda yangicha yondashuvlarni qo‘llash zarurligi alohida aytib o‘tildi. 

Davra suhbatida harbiy ta’limni isloh qilish, milliy harbiy ilmiy va pedagog, harbiy-texnik, boshqaruv va muhandis-texnik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning sifatini yuksaltirish kabi muhim masalalar muhokama qilindi. 

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari zimmasiga oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun bitiruvchilarini tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklangan, biroq bu boradagi ishlar tumanlar mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan samarali amalga oshirilmayapti. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik tadbirlarini rejalashtirish va o‘z vaqtida bajarish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish ham talabga javob bermaydi. 

Tadbirda senatorlar tomonidan shu kabi qator muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, milliy armiyani salohiyatli kadrlar bilan ta’minlash samaradorligini yanada oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. 

Davra suhbati yakuni bo‘yicha qo‘mitaning tegishli tavsiyalari qabul qilindi. 

 

Nurillo Nasriyev, O‘zA

Поделиться