O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“O‘zstandart” agentligining tashabbusi bilan yurtimizda xalqaro anjuman tashkil etildi
2018-06-28 | Jamiyat
Avval xabar berganimizdek Respublikamizda “O‘zstandart” agentligining tashabbusi bilan joriy yilning 26 iyun kuni Davlatlararo standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha kengashning 53-sonli yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.
Xalqaro anjumanni O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziri o‘rinbosari N.Otajonov kirish so‘zi bilan ochib, yurtimizda bunday anjumanning o‘tkazilishi, yana bir bor jahon hamjamiyati bilan do‘stona aloqalarimizni kun sayin mustahkamlanib borayotganligi, xususan Standartlashtirish, metrologiya sohalarini jahon standartlari darajasiga olib chiqishda bunday do‘stona aloqalarning ahamiyati katta ekanligni ta’kidlab, barcha qatnashchilarning ishlariga omad tiladi.
Yig‘ilish doirasida standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash yo‘nalishlarning dolzarb masalalari bo‘yicha kengashga a’zo bo‘lgan davlatlarning standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash bo‘yicha milliy organlarning rahbarlari, shu jumladan Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot (ISO), Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC), Polsha standartlashtirish qo‘mitasi (PKN), Fransiya Standartlashtirish Idorasi (AFNOR), Turkiya Akrreditatsiya Idorasi (TURKAK), Yevro-Osiyo davlatlari metrologik tashkilotlari hamkorligining hududiy metrologik tashkiloti (SOOMET) kabi xalqaro, mintaqaviy va xorijiy tashkilotlarning vakillari ham ishtirok etmoqdalar.
O‘tgan yildan buyon mazkur kengashga raislik qilib kelayotgan “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A.Karimov yig‘ilishni boshqarar ekan, kun tartibidagi masalalarga e’tibor qaratdi.
Anjuman doirasida belgilangan ustivor vazifalarga kengash qatnashchilari o‘z taklif va munosabatlarini bildirdilar.
Tushlikdan so‘ng mehmonlar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘limlarga bo‘lingan holda ishlarini davom ettiridilar.