O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ilk olimpiadada 15 nafar g‘olib aniqlandi

2018-06-26 | Ta’lim

Samarqandda 19-23 iyun kunlari umumta’lim maktablarining 10-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida fizika va astronomiya fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olimpiada g‘oliblari taqdirlandi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur nufuzli xalqaro tanlovda O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Yaponiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmanistondan vakillar ishtirok etdi. Ilk bor o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada ushbu mamlakatlarning 45 iqtidorli o‘quvchisi bilimini sinovdan o‘tkazdi.
 
23 iyun kuni Samarqand davlat universitetida Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olimpiadaning natijalari e’lon qilinib, g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi va olimpiada hakamlar hay’ati vakillari mazkur tanlov birinchi marta o‘tkazilayotgan bo‘lsa-da, unga qiziqish yuqori bo‘lgani hamda barcha jarayonlar yuksak saviyada tashkil etilganini ta’kidladi.
 
– Tanlovda eng iqtidorli o‘quvchilar barcha sinovlarda faol qatnashganiga amin bo‘ldim, – deydi Xalqaro fizika olimpiadalari bo‘yicha bosh hakam, Moskva davlat texnika instituti kafedra mudiri o‘rinbosari D.Aleksandrov. – Ularning ishlarini nufuzli hakamlar hay’ati munosib baholab bordi. Shubhasiz, eng bilimlilar g‘olib bo‘ldi. Xalqaro olimpiadaga Samarqandda katta hozirlik ko‘rilgan ekan. Tadbir doirasida shahar bo‘ylab uyushtirilgan sayohatlar, turli madaniy tadbirlar, uchrashuvlar taassurotlarga boy bo‘ldi.
 
Ikki bosqichda o‘tkazilgan olimpiada natijalariga ko‘ra, fizika fanidan O‘zbekiston jamoasi a’zosi, Namangan davlat universiteti akademik-litseyi o‘quvchisi Umidjon Hafizov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Qirg‘izistonlik Temur Tinichbekov, qozog‘istonlik Islam Amangeldi va yurtdoshlarimiz Otabek Hasanov hamda Abdurahmon Nosirov kumush medalga sazovor bo‘ldi. Ushbu fan bo‘yicha yana olti nafar ishtirokchi bronza medali bilan taqdirlandi.
 
Astronomiya fani bo‘yicha bahslarda Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahridagi fizika-matematika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Iriskeldi Anarbekov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Qozog‘iston jamoasi a’zosi Janibek Amankul kumush medal, o‘zbekistonlik Do‘stmamat Bozorqulov va qozog‘istonlik Yerjan Kenes bronza medalga sazovor bo‘ldi.
 
– Xalqaro olimpiadada g‘olib bo‘lganimdan juda xursandman, – deydi Namangan davlat universiteti akademik-litseyi o‘quvchisi U.Hafizov. – Buning uchun, avvalo, ustozlarimdan minnatdorman. Tanlov davomida xorijiy davlatlardan kelgan tengdoshlarim bilan tanishib, o‘zaro fikr almashdik. Ularga yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar haqida gapirib berdim.
 
Olimpiadada yurtimiz vakillari jami 6 ta, qozog‘istonliklar 5 ta, qirg‘izistonliklar 3 ta va turkmanistonliklar 1 ta medalga sazovor bo‘ldi.
 
Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olimpiadani har ikki yilda an’anaviy tarzda Samarqandda o‘tkazish rejalashtirilgan.
 
G‘olib Hasanov, Alisher Isroilov (surat) O‘zA
 

Поделиться