O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi turizm sohasida faoliyat olib boruvchi tashkilotlar bilan uchrashdi
2018-06-07 | Turizm
Wyndham mehmonxonasida kirish turizmini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori ijrosi doirasida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Umarov turizm subyektlari - (Xususiy turistik tashkilotlar assotsiatsiyasi) XTTA vakillari va uning quyi NNTlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Sayyohlarning oqimini oshirish, turizm sohasini rivojlantirish masalalari norasmiy muhitda muhokama qilindi va kelajakdagi amalga oshiriladigan harakatlar rejalashtirildi.
Rais tomonidan taklif qilingan asosiy choralardan biri - turizm sohasida faoliyat yurituvchi subyektlar va qo‘mita orasida samarali aloqa o‘rnatish maqsadida jamoatchilik kengashini yaratish. Yig‘ilish qatnashchilariga yangi tashkilot raisini ovoz berish yo‘li bilan tanlash taklifi oldinga tashlandi. Aytib o‘tish joiz-ki, qo‘mita vazifalariga turizmni qisqa muddatli davr uchun rivojlanish konsepsiyasini shakllantirish kiradi va yig‘ilishida o‘rtaga tashlangan takliflar konsepsiya tuzishda inobatga olinadi.