O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shavkat Mirziyoyev yengil sanoat korxonalarini borib ko‘rdi

2018-05-03 | Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Uzteks Uchqo‘rg‘on” va “Uchqo‘rg‘on tekstil” qo‘shma korxonalari faoliyati bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbarining avvalgi tashrifida belgilangan vazifalar doirasida bu yerda modernizatsiya va diversifikatsiya loyihalari amalga oshirilgan. Germaniya, Shveysariya, Belgiya va Turkiya kabi davlatlardan zamonaviy texnologiyalar keltirib o‘rnatilgan. Ip, kalava, sochiq va bir necha turdagi kiyim-kechaklar ishlab chiqarilayotgan korxonalarning har birida yiliga 30 million dollarlik eksport yo‘lga qo‘yilgan.

“Uzteks Uchqo‘rg‘on” korxonasida 300, “Uchqo‘rg‘on tekstil” 800 ish o‘rni yaratilgan.

Joriy yil sentyabrda bu yerda shu yo‘nalishdagi yana bir korxona - “Tekstil finans Namangan” shirkatini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev korxonalarning ish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, mahsulotlar turini kengaytirish, fermer xo‘jaliklari bilan klaster usulida ishlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Поделиться